Kigiz bosish

Kigiz bosish — jun tolalaridan kigiz (namat) buyumlar tayyorlash. K. b.da jun tolalarining tuzilish xususiyatla- ri (dag’al-mayinligiga, fizik-mexaniq xususiyatlari: plastikligi, elastikligi, cho’ziluvchanligi, kirishuvchanligi va b.) ga ahamiyat beriladi. Ilgari K. b., aso- san, qo’lda bajarilgan (q. Kigizchilik). Sanoatda K.b.da jun maxsus mashinalar- da titilib, yumshatiladi, o’nga maxsus suyuqlik (moy) sepiladi va mashinada aralash-tiriladi. Aralashma tarash ma- shinasidan o’tkazilib, momiqolinadi. Momiq tekis qilib to’shaladi, zichlash mashinasida zichlanadi, o’nga sulfat k-ta eritmasi shimdiriladi, maxsus ma- shinada kerakli o’lcham va zichlikkacha ishlanadi. Bu jarayon bir necha bosqichda bajariladi. Buyum mas, kigiz cho’zish mashinasida cho’zib, chetlari to’g’rilab turiladi, so’ngra bug’li quritkichlarda quritiladi. Oxirida pardozlash ma- shinasidan o’tkazilib, ortiqcha Tukla- ri qirqib tashlanadi, presslanadi, ohorlanadi va silliqlanadi. K. b. usuli- da kigiz (namat), palos, piyma, patak va b. maqsulotlar tayyorlanadi.