ZOMBA
ZOMBA — Malavidagi shahar. Mamlakatning Janubda, Zomba tog’ining o’rmonli yon bag’rida, 900 metr balandlikda joylashgan. Aholisi shahar atrofi bilan birga 65,9 ming kishi (1998). Zombaga 1886 yilda asos solingan. 1891 — 1964 yillarda Britaniyaning Nyasalend protektorati (1953-63 yillarda Rodeziya va Nyasalend Federatsiyasi) ning ma’muriy markazi. 1964-74 yillarda mustaqil Malavi davlatining poytaxti. Universitet bor. Yozgi kurort. Shahar atrofida tamaki plantasiyalari bor.