KIMYOVIY TERMODINAMIKA
KIMYOVIY TERMODINAMIKA -fizik-kimyoning moddalar tarkibi, tuzilishi va hosil bo’lish sharoitlari ularning termodinamika xossalariga bog’liqligini o’rganadigan bo’limi. K.t.ning muhim yo’nalishlaridan biri termokimyoviy va fazaviy muvoza- natlar, eritmalar, jumladan, elektro- lit eritmalar, elektrod jarayonlari nazariyasi, moddalar yuzasida ro’y bera- digan hodisalar termodinamikasi va b.ni o’rganadi. Termodinamikaning uchta asosiy qonuni mavjud. Birinchi qonuni termokimyoning asosi bo’lib, termoki- myoning asosiy qonuni — Gess qonuni uning muhim davomidir. Termodinami- kaning ikkinchi qonuni kimyoviy muvoza- natlar xaqidagi ta’limotdir. Kimyoviy muvozanatlarni hisoblashda termodina- mikaning uchinchi qonuni va o’nga bog’liq bo’lgan Plank (nemis fizigi) pastuloti katta ahamiyatga ega.