Kerch

Kerch — Ukrainaning Qrim Re- spublikasidagi qaxramon shahar. Azov dengizidan qora dengizga chiqiladigan bo’g’oz sohilidagi port. T. y. stantsiyasi. T. y. paromi orqali Kavkaz ortish-tushi- rish st-yasi (Taman ya.o.) b-n bog’langan. Aholisi 182,5 ming kishi (1990-y.lar o’rtalari). Temir ruda (Qamishburun k-ti) qazib olinadi. Metallurgiya, kema- sozlik va kema tuzatish, oziq-ovqat (shu jumladan, baliq) sanoati korxonala- ri, teatr, tarix-arxeologiya muzeyi bor. Mil. AV. 6-a.da yunonlar K. o’rnida Pan- tikapey sh.ga asos solganlar. Mil. AV. 5-a. boshlari — mil. 4-a. oxirida Bospor podsholigi poytaxti bo’lgan. O’rta asr- larda K. Qrimdagi yirik savdo shaxri edi. 1475 y. turklarga qaragan, 1774 y.da Rossiya bosib olgan. 1954 y.dan Ukrai- na tarkibida. 1941-45 y.lar urushida K. atrofida shiddatli janglar bo’lgan. Melek-Chesmen qal’asi xarobalari (mil. AV. 4-a.), Demetr xilxonasi (mil. 1-a.), Ioann Predtech (10-13-a.lar) cherkovi saqlangan.