KIMMERIK
KIMMERIK — Bospor podsholigi- dagi antik shahar (mil. AV. 5-a. — mil. 3-a.). Kerchya.o.ning Jan. qirg’og’ida bo’lgan. Dastlab Gerodot qayd etib o’tgan. Mil. boshlarida gullab yashnagan. 3-a. da shahar vayron bo’lgan. Arxeologik qazish-malar (1927,1947-49, 1950-51) natijasida qalinligi 2,5 m keladigan mudofaa devorlari, mil. 1-3-a.larga oid ohaktoshdan ishlangan uy-joy xaro- balari, don saqlanadigan katta o’ralar, suv tsisternalari topilgan. Aholi dehqonchilik, baliqchilik, chorvachilik, savdo-sotiq b-n shug’ullangan. Antik davrga oid qatlam tagidan jez davriga mansub manzilgoh xarobasi chiqqan.