Kimxob

Kimxob (fors.) — tanda ipi zar, arqog’i ipakdan gul (naqsh) hosil qilib to’qilgan qimmatbaho mato. Zar ipining rangiga qarab sariq K., kumush rang (oq) K. deb nomlangan; ipakning rangiga qarab ko’k K., pushti K., qizil K. farqlangan. Boy xonadonlardagi ayol va erkaklarning ustki kiyimlari (to’n, nimcha, kamzul, paranji va b.), asosan, K.dan tikilgan. K. to’qish Buxoro, Shahrisabz, G’ijduvon shaharlarida qadimdan rivojlangan. 20- a. 20-y.larigacha Turkiston o’lkasining chet ellarga chiqaradigan asosiy matola- ridan hisoblangan.