King Devid
King Devid — kuzgi olma navi. O’zbekistonga AKShdan keltirilgan (Jonatan va Arkanzas blok navlari- ni chatishtirib chikarilgap). R. R. Shre- der nomidagi bog’dorchilik, uzumchilik va vinochilik i.t. in-tida navga ilmiy tavsif berilgan. Amerika va Evropa bog’dorchiligida kuzgi, tez hosilga ki- radigan va serhosil nav sifatida keng tarqalgan. Daraxti o’rta bo’yli, shox- shabbasi siyrakroq. Ko’chati o’tqazilgach, kuchsiz o’sadigan payvandtaglarda 3-4- yili, kuchli payvandtaglarda 6— 7-yili hosilga kiradi. Apr. o’rtalarida gullay- Di. Mevasi o’rtacha (90— 100 g.), chiroyli, to’q malina-qizg’ish rangda, bilinar-bi- linmas och sariq nuqtalari bor. Eti och sariq, qattiq, sersuv, nordon-shirin, xushbo’y. Mevasi kam to’kiladi. Mevasi avg.ning birinchi dekadasida terila- Di, dekabrgacha mazasi buzilmay yaxshi saqlanadi. Uzoq joylarga jo’natishga yaroqli.