Korelli

Korelli (Corelli) Arkanjello (1653.17.2, Fuzinyano – 1713.18.1, Rim) — italyan skripkachisi, kompozitor, Di- rijyor, pedagog. Italyan skripka ijro- chiligi maktabining asoschisi. 2 skripka va bas uchun trio-sonatalar (1681-94 y.larda 4 to’plami nashr etilgan), skrip- ka va bas uchun sonatalar (1700), orkestr uchun 12 koncherto Grosso (1714) mualli- Fi. Sonatalari skripka kontsert uslubi- ning etuk namunalaridir, koncherto gros- so asarlari mumtoz simfonik musiqa janrlarining shakllanishida muhim o’rin tutgan. Deyarli barcha asarlari kom- pozision ravshanligi va shu b-n birga mukammalligi, mavzulari kuychanligi, xalq kuylariga yaqinligi b-n ajralib, Evropa mumtoz musiqa uslublari yuzaga kelishini yaqinlashtirgan.