Koronograf

Koronograf (lot. corona — toj va …graf) — quyosh tojini o’rganish uchun mo’ljallangan teleskop. Quyosh tojidan to’shayotgan yorug’lik tselostat qurilma yordamida katta masshtabli Su- rat olish uchun uzun fokusli fotokame- raga yo’naltiriladi. Quyosh tutilishi kam bo’lganligi uchun, Quyosh tojini do- imiy kuzatish maqsadida K.dan foyda- laniladi. Unda Quyosh tasvirini to’sib qoladigan qo’shimcha disk bor. K. yassi linza, ekran — to’sqich maydon linzasi, diafragma va Quyosh tojining tasvirini fotoqog’ozga tushiruvchi ob’ektiv linza- dan iborat. Shunday K.ni birinchi bo’lib frantsuz astronomi B. Lio yasagan (1930) va Pikdyu-midi (Frantsiya) rasadxonasi- dan Quyosh tojini kuzatgan (1931). K.lar yaqin vaqtlargacha dengiz sathidan ancha balandga (Pikdyu-Midida 2870 m, Aroza tog’ida 2050 m) o’rnatilardi.