Kolchedanlar

Kolchedanlar (kichik Osiyo ya.o.dagi joy nomidan) — rudali mi- nerallar: temir, mis, kobalt, nikel va b.ning oltingugurtli (sulfidli), bisulfidli, kam hollarda monosul- fidli birikmalarining umumiy nomi. K.ning ko’p tarqalgan turlari — oltin- Gugurtli kolchedan — FeS2 (pirit), mis kolchedani — CuFeS2 (xalkopirit) va b. K. qattiq, metalldek yaltiroq, murakkab kompleksli rudadir. Pirit tarkibida 53,4% oltingugurt, 46,6% temir mav- jud. K. konlari turli geologik jarayon- lar, mas, magmaning kristallanishida (mis-nikelli kolchedan) va skarnlarntsng paydo bo’lishida (mis, oltin kolchedani) hosil bo’ladi. K. vulkan mintaqalari orasida uzunligi bir necha ming km li uyumlar hosil qiladi. Vulkan otilishi- dan chiqqan eritmalar katta mikdorda metallarni olib chiqadi, ular oltin- gugurt bug’lari b-n birikib sulfidli K. konlarini hosil qiladi. Kolchedan konlari dunyo bo’yicha keng tarqalgan. O’zbekistonda (Olmaliq) polimetall, qo’rg’oshin, mis-rux va b. kolchedan kon- lari bor. K. metallurgiya sanoati uchun muhim ahamiyatga ega. Piritdan, asosan, oltingugurt k-tasi olishda foydalani- ladi. Shuningdek, uni qayta ishlash na- tijasida olinadigan oltin, kumush, ni- kel, kobalt, vismut va b. qimmatbaho metallarning kontsentratori ham hisoblanadi.