Kolmataj
Kolmataj (ital. colmata — to’ldirish) — agroirrigasion oqiziqlarning shag’alli va qumli tuproq qatlamlari ustida to’planib qatlam hosil qilishi. K. tabiiy va sun’iy bo’ladi. Tabiiy K. qorlarning eri- shi, kuchli yomg’ir va toshqinlardan key- in Daryo suvlarida loyqa va oqiziqlar ko’payganda yuz beradi. Sug’oriladigan zonalarda loyqa va oqiziqlar suv b-n birga dalalarga oqib keladi va cho’kib, muayyan qalinlikda qatlam hosil qiladi. O’rta Osiyoda sun’iy K. — loyqadan foy- dalanish qadimdan keng qo’llanilgan. Pol olingan maydonlarga loyqa suvni ko’llatib quyib, loyqa cho’kkanidan key- in suvni chiqarib yuborish yo’li b-n er unumdorligi oshirilgan. Shuningdek, ariqva zovurlarni tozalashda chiqadigan oqiziqlar (loyqa), eski paxsa devorlar va b.lardan o’g’it sifatida foydalanil- gan. K. natijasida ko’pincha shagal va qumlar yuzasida engil va o’rta qumoqli yoki qumloqi tuproqlar hosil bo’ladi.