Komanchi

Komanchi (yuta indeyslari ti- lida — dushmanlar; o’zlarini pemena — haqiqiy odamlar deb ataydilar) — AQShdagi shoshonlar guruhiga mansub indeys xalqi. Oklaxoma shtatining Jan.- g’arbidagi rezervasiyalarda yashaydilar. 6 ming kishi (1990-y.lar o’rtalari). Din- dorlari — protestantlar. 17-a. oxiri — 18-a. boshlarida qoyali tog’larning Sharqiy yon bag’irlaridan Nort-Platt daryosi bo’ylariga ko’chib o’tishgan. Ular yuta qabilasidan otni xonakilashtirishni o’zlashtirib, otda bizon ovlash b-n mashg’ul bo’lganlar. 18-a. o’rtalarida dakotalar tomonidan Arkan- ZAS daryosining Jan. ga siqib chiqarilgan. Uichita va kayova qabilalari b-n ittifoq bo’lib erlarini tortib olayotgan mustamlakachilarga qarshi kurash olib borganlar. K.lar Jan. tekisliklardagi eng qudratli qabilaga aylangan. 19-a. boshida K.larning soni 10-12 ming ki- shini tashkil etgan. 1875 y. K.larning qarshiligi bostirilgan, tirik krlgan- lari (1400 ga yaqin kishi) soqchilar (kon- voy) nazorati ostida Oklaxoma shtatida- gi rezervasiyalarga jo’natilgan. Asosan, qoramol etishtirish, q.x. ishlarida yol- lanma ishchi bo’lib ishlash va o’z erlari- ni amerikaliklarga ijaraga berish b-n shug’ullanadilar.