Komilov Mahammadjon Komilovich
Komilov Mahammadjon Komilovich (1917.12.3 – Toshkent – 2000.9.4) -ko’z kasalliklari mutaxassisi. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1977), O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan vrach (1967), tibbiyot fanlari D-ri (1971), prof. (1971). Toshkent tib- biyot in-tini tugatgan (1939). 2-jahon urushi qatnashchisi (1940-46). Toshkent vrachlar malakasini oshirish in-ti ko’z kasalliklari kafedrasi mudiri (1957— 88), prof.-konsultant (1988— 90). Tra- xoma, o’tkir kon’yunktivit, blefarit, ko’z jarohatlari, glaukoma, katarakta, ko’z qon tomiri kasalliklarini davo- lash va oldini olish ustida tadqiqotlar olib borgan. O’zbekiston oftalmolo- glari ilmiy jamiyati boshqaruvi raisi (1957-90). «Jasorat» medali (1994) b-n mukofotlangan. As: Traxoma, T., 1960; Diagnostiche- skie oshibki v oftalmologii, T., 1978.