KOLXIDA PASTTEKISLIGI

KOLXIDA PASTTEKISLIGI – Gruziyadagi pasttekislik. G’arbiy Za- kavkazeda, g’arbda qora dengiz sohili, shim.-Sharqda katta Kavkaz va Jan. da Kichik Kavkaz tog’lari oralig’ida. Dengiz sohili bo’ylab Suxumi shahridan Kobu- leti shahrigacha cho’zilgan. K.p. — allyu- Vial tekislik; antropogen allyuviysi- ning qalinligi 700 m gacha. Neft-gaz konlari, mineral buloqlar (Sxaltubo) bor. Iqlimi nam subtropik. Yil bo’yi yog’in yog’adi (yillik yog’in 1500 mm). Yanv. ning o’rtacha t-rasi 4,5 dan 6° gacha, avg. niki 23-24°. K.p.ni Rioni, Inguri va b. daryolar kesib o’tadi. Dengiz bo’yidagi Poti sh. yaqinida Paleostomi ko’li bor. K.p.ning g’arbida botqoqlik landshaft- lari mavjud. Botqoqliklarda qandag’och o’rmonlari katta maydonni egallaydi. Balandroq chekka qismlari dub, qora qayin, doim yashil buta va chirmovuklar b-n qoplangan. K.p.da g’alla ekinlari (asosan, makkajo’xori) ekiladi; bog va subtropik mevazorlar bor.