KOMI-PERMYAKLAR MUXTOR OKRUGI
KOMI-PERMYAKLAR MUXTOR OKRUGI — RF da eng birinchi tuzilgan Muxtor okrug, Perm viloyati tarkibida. 1925 y. 26 Fev.da tashqil qilingan. Mayd. 32,9 ming km2. Aholisi 151,6 ming kishi (2000). Shundan shahar aholisi 28% ni tashqil etadi. Asosan, komi-permyaklar, ruslar, shuningdek, boshqa millat vakil- lari ham yashaydi. Okrugda 1 shahar (ku- dimkar), 3 shaharcha bor. Markazi Kudim- kar sh. Uraloldi hududida, Kama daryosi- ning yuqori oqimida joylashgan. Er yuza- si past-baland tekislik, shim.da shim. Uvallar, g’arbida yuqori Kama qirlari bor. Yanv.ning o’rtacha t-rasi -15° dan -17° gacha, iyulniki 17-18°. Yillik yog’in miqdori 500 mm. Hududining 80% o’rmon. O’rmon va yog’ochsozlik, o’rmon ki- myosi, metallsozlik, oziq-ovqat, engil sanoati rivojlangan. Q.x. go’sht-sut chor- vachiligi va g’allachilikka ixtisoslash- gan. Qora bug’doy, suli, bahorikor bug’doy ekiladi. Mo’ynali hayvonlar ovlanadi. Kama daryosida kemalar qatnaydi. Teatr, muzey bor.