Komninlar
Komninlar — Vizantiya impe- ratorlari sulolasi (1081 — 1185). Asos- chisi Aleksey I hisoblansada, aslida Su- Lolani imperator Isaak Komnin (1057— 59) boshlab bergan. K. nomi tarixda 1-marotaba imperator Vasiliy II davri (976— 1025)da tilga olinadi. K.ning 1-vakillaridan bo’lgan Manuil, Vasiliy II ning yaqin kishisi bo’lgan. Manuil- ning 2 o’g’li bo’lib, ulardan Isaak kom- nin saljuqiylarga qarshi kurashda katta Shuhrat qozongan edi. 1057 y.da muxolif kuchlar tazyiqi ostida monax (rohib) likni ixtiyor qilgan. Isaak Komnin tax- tni ukasi emas, balki o’zining jangovar safdoshi bo’lgan Konstantin Dukaga top- shirishga majbur bo’ldi. K. vakili Alek- Sey 1 1081 y.da sulola hukmronligini harbiy to’ntarish yo’li b-n qayta tikla- Di. Andronik I (1183-85) davrida impe- riya yagona davlat sifatidagi qudratini yo’qotdi. Andronik I avlodlari «Buyuk Komninlar» degan unvon b-n Trapezund imperiyasida hukmronlik qilganlar (1204-1461). K. Markaziy hokimiyatni mustahkamlab, imperiya hududini ken- gaytirgan; davlatni idora qilishda er egalari va harbiy zodagonlarga tayangan.