Kokroft (Cockcroft) jon Duglas
Kokroft (Cockcroft) jon Duglas (1897.27.5, Todmorden – 1967.18.9, Kembrij) — ingliz fizigi. Lon- don Qirollik jamiyati a’zosi (1936). E.Uolton b-n hamkorlikda 1932 y.da birinchi protonlar tezlatkichi (kaskad- li generator)ni yaratgan va proton b-n litiyli nishonni nurlantirib, 700 MeV gacha sun’iy tezlashtirilgan yadro reaktsiyasini amalga oshirgan. 1939-44 y.larda ingliz radar qurilmasini ish- lab chiqishga rahbarlik qilgan, 1946-58 y.larda Xauel (Angliya)dagi atom ener- giyasi bo’yicha i.t. markazi D-ri. Keyingi yillarda turli elementlarning yadrosi- ga zaryadlangan zarralar ta’sir etganda sodir bo’ladigan reaktsiyalarni tekshir- gan. Nobel mukofoti laureati (1951, E.Uolton b-n birgalikda). Koks (nem. Koks, ing. soke) — ta- biiy yoqilg’ilar (toshko’mir, neft, torf va b.) yoki ularning qayta ishlangan mahsulotlarini havo ishtirokisiz 950— 1050° gacha qizdirish (kokslash) jarayo- nida hosil bo’ladigan uglerodli qattiq qoldiq. Toshko’mirli (domna, quyish pechlarida ishlatiladigan), elektrodli va neftdan olinadigan turlari bor. K. domna i.ch.da yoqilg’i va qaytargich sifa- tida, quymakorliktsya, rudalarni aglome- rasiyalashda, polimetall chiqindilarni qizdirib haydashda yoqilg’i sifatida, elektrodlar i.ch.da xom ashyo sifatida va b. maqsadlarda ishlatiladi.