Kollegiallik
Kollegiallik — boshqarish printsipi, bunda rahbarlik vakolatli shaxslar guruhi (kollegiya) tomonidan amalga oshiriladi, mazkur shaxslarning har biri muayyan faoliyat sohasi uchun shaxsiy javobgar bo’ladi. K.ning hal qiluvchi va maslahat beruvchi shaqllari bo’ladi. K.ning hal qiluvchi shakli ay- Rim davlat va jamoat tashkilotlarining rahbarlik faoliyatiga xosdir. K.ning maslahat beruvchi shakli, asosan, yakka- boshchilik asosida ish olib boradigan xo’jalik boshqarish organlarida uchray- Di. Ularda Kollegiyalarning qarorlari rahbar (yakkaboshchi) rozi bo’lgandagina kuchga kiradi. Bunda rahbar, odatda, kol- Legiya raisi hisoblanadi. K., shaklidan qat’i nazar, shaxsiy javobgarlik uning samarali ishlashining hal qiluvchi shar- tidir.