Kolas Yakub

Kolas Yakub [asl ism-sharifi Konstantin Mixaylovich Miskevich; 1882. 22. 10 (3.11), Minsk viloyati — 1956.13.8., Minsk] — shoir va jamoat arbobi. Belorussiya xalq shoiri (1926). Zamonaviy Belorus adabiyoti asoschisi. Belorussiya FA akad. (1928), vise-Prezi- Denti (1929-56). Ilk she’rlar to’plami — «Erksizlar qo’shig’i» (1908). «Hasrat qo’shiklari» (1910). «Yangi er» (1923), «Musiqachi Simon» (1925) dostonlari fukarolar urushiga bag’ishlangan. «Ba- likchining uyi» (1947) dostoni, «ayri- lishda» (3-kitob -1923, 1927, 1954) tri- logiyasida qishloq hayoti aks ettirilgan. K. asarlari Belorus folklori va rus adabiyoti an’analariga yaqin. 1941-43 yillarda Toshkentda yashagan, Hamid Olimjon, G’afur G’ulom, Shayxzoda va b. b-n ijodiy hamkorlikda ishlagan. O’zbek xalq og’zaki ijodiga oid materiallar- ni yig’ish, o’rganish va nashr etish b-n shug’ullangan. Toshkentda yozgan «o’rmonda sud» (1943), «qasos» (1945) dostonlari va qator she’rlarida o’zbek xalqi hayoti, uning urush yillarida ko’rsatgan ja- sorati, O’zbekiston manzaralari madh etilgan. «Tanlangan asarlari» o’zbek tilida (F. G’ulom, Shayxzoda, Zulfiya, va b. tarjimasida) nashr qilingan (1943). «Talash bobo» qissasi va «zamin ovozi» she’rlar kitobi o’zbek tilida bosilgan (1962, 1983). Toshkentdagi ko’chalardan biriga uning nomi berilgan (1942).