Kola yarim oroli

Kola yarim oroli – RF Evropa qismining shim.- g’arbidagi yarim Orol. Barents va oq dengizlar b-n o’ralgan. Mayd. 100 ming km2. G’arbiy qismida tog’ massivlari: Xibin tog’lari (bal. 1191m gacha) va Lovozero tundrasi (bal. 1120 m gacha) bor. K.ya.o., asosan, tokembriy va quyi paleozoyning kristalli jinslari- dan tuzilgan. Tog’va platolar mo’z faoli- yati natijasida yassilanib, siyqalanib «qo’y peshonalari» deb ataladigan re- Lef shaqllarini hosil qilgan. Iqlimi Atlantika oqimi tufayli yumshoq. Yanv.ning o’rtacha t-rasi -8°dan (shim. sohilda) -13° gacha (Markaziy qismida), iyulniki 8°— 14°. Yillik yog’in 300— 1000 mm. Daryolari qisqa, lekin sersuv. Ko’l ko’p. Shim.da tundra o’simliklari o’sadi, Jan. o’rmonli tundra va taygadan iborat. Apatit-nefelin rudalari koni bor. K.ya.o. da Murmansk port shahri joy- lashgan.