Kokildor xonaqohi

Kokildor xonaqohi – Termiz (Namuna qishlog’i)dagi me’moriy Yodgor- lik. Xalq orasida Aloulmulk Xudovand- Zoda (Termiz hukmdori) ko’shki, «Azi- zon», «Azlar eshon», «Kokildor» (kokil qirqish udumi) deb nomlangan (13-16- a.lar). K. x. to’g’ri to’rtburchak tarxli (27,5×17 m), 5 xonadan iborat. Baland va chuqur ravoqli peshtoq orqali Markaziy xona (7,5×7,5 m) ga kiriladi. Markaziy xonaning gumbazi 8 qirrali poygumbaz ustiga o’rnatilgan, 2 yon tomonidagi xo- nalar o’zaro o’xshash, teng hajmda, dalon orqali bog’langan orqa va yon eshikla- ri bo’lgan. Markaziy xona sahnida bir necha qabr saqlanib qolgan. Ichkaridagi ravoq va namoyonlarga ganchqori usulida pardoz berilgan. Gumbaz osti bag’allari muqarnaslar b-n bezatilgan. Termiz sh.ning 2500 yilligi munosabati b-n atrofi obodonlashtirilib, ta’mir ish- lari amalga oshirildi. Ad.: Termiz — Buyuk yo’llar chorrahasidagi ko’hna va yangi shahar, T., 2001.