Kolmogorov Andrey Nikolaevich

Kolmogorov Andrey Nikolaevich [1903.12(25). 4, Tambov – 1987.20.10, Moskva] — rus matematigi, akad. (1939 y.dan). Asosiy ilmiy ishlari haqiqiy o’zgaruvchan funktsiyalar nazariyasiga, mat. mantiq, topologiya (yuqori gomologiya- lar nazariyasi), ehtimollar nazariyasi va mexaniqa (turbulentlik nazariyasi), funktsional analiz, o’lchovlar nazariya- si, to’plamlar nazariyasi, integrallar nazariyasi, differentsial tenglamalar nazariyasi, funktsiyalarning yaqinlashish nazariyasi, kibernetika va b. ga oid. K. ehtimollar nazariyasini aksiomatik asoslash sistemasini qurgan, Markov- ning tasodifiy jarayoni va stasionar tasodifiy jarayonlar nazariyasini ri- vojlantirgan.