ZOONOZLAR
ZOONOZLAR (Zoo… va Yunoncha nosos — kasallik) — faqat hayvonlar uchun xos bo’lgan, lekin hayvonlardan odamlarga yuqishi mumkin bo’lgan infektsion va invazion kasalliklar guruhi. Zoonozlarga o’lat, kuydirgi, quturish, brusellyoz va boshqalar kiradi. Zoonozlarning qo’zg’atuvchilari evolyusiya jarayonida ayrim hayvonlar organizmida tanlab rivojlanish xususiyatiga ega bo’lib, Zoonozlar odamlar jamoalarida tarqalmaydi, chunki odam organizmida Zoonozlar qo’zg’atuvchilari o’z rivojlanish tsiklini tamomlay olmaydi. Tibbiyot adabiyotlarida ba’zan hayvonlarning odamlarga o’tadigan yuqumli va invazion kasalliklari ham Zoonozlar deb yuritiladi.