Kobul

Kobul — Afg’oniston va Pokiston- dagi Daryo. Hind daryosining eng katta o’ng irmog’i. O’z. 460 km, havzasining mayd. 75 ming km2 chamasida. Ko’hi bobo tiz- masining yon bag’ridan boshlanadi. Avval tog’lar orasidan oqadi, keyin Jalolobod cho’kmasidan o’tgach, Peshovar sh. Yaqinida tekislikka chiqadi. Qor va yomg’ir suvla- ridan to’yinadi. Yozda sersuv, o’rtacha suv sarfi 700 m3/sek. Quyilish joyidan yuqori oqimiga tomon (120 km gacha) ki- chik kemalar qatnaydi. Sug’orishda foy- dalaniladi. GES lar, suv omborlari qurilgan. Daryo bo’yida Kobul, Jalolo- bod va Peshovar sh.lari joylashgan.