Koala, xaltali ayiq
Koala, xaltali ayiq (Phascolarctos cinereus) — xaltali sut emizuvchilar ken- ja sinfiga mansub hayvon. Tanasining o’z. 0,6 m cha, qulog’i katta. Oyog’i 5 barmok- li, tirnog’i baquvvat, daraxtda yurishga moslashgan, dumsiz. Ko’rinishi ayiqqa o’xshash. Mo’ynasi qalin, uzun va yumshoq, elkasi kulrang, qorni oq. Sharqiy Av- straliya o’rmonlarida yashaydi. Tunda faol. Barg va kurtaklar b-n oziqlanadi. Og’iz bo’shlig’ida oziq saqlovchi qopchig’i bo’ladi. Ikki yilda bir marta tug’adi, bo’g’ozlik davri 30-35 kun. Bolasi- ni xaltasida olib yuradi, kattaroq bo’lganida opichib oladi; juda yuvosh hayvon, 12-20 y. yashaydi. Mo’ynasi uchun ko’plab ovlanganidan soni kamayib ket- gan. Ovlash taqiqlangan.