Kirxgof (Kirchhoff) Gustav Robert
Kirxgof (Kirchhoff) Gustav Robert (1824.12.3, Kenigsberg – 1887.17.10, Berlin) — nemis fizigi, Berlin FA a’zosi (1874 y.dan). Kenigsberg un-tini tugatgan (1846). Ilmiy ishlari elektr. optika va mexanikaga oid. Tarmoqlangan zanjirlar bo’ylab oquvchi elektr toki- ning taqsimlanish qonuniyatlari (q. Kirxgof qoidalari)ni yaratgan va elektr potentsiali tushunchasini fizikaga bi- rinchi bo’lib kiritgan (1845-49), de- formasiya nazariyasi, elastik jism- larning harakati va muvozanati hamda suyuqliklar oqimi masalalari b-n shug’ullangan (1849-58). Nemis kimyoga- ri R.V.Bunzen b-n hamkorlikda spectral tahlil usuliga asos solgan (1854-59) va kimyoviy elementlardan tseziy (1860) va rubidiy (1861) ni topgan. Mutlaq qora jism tushunchasini fanga kiritgan va o’z nomi b-n atalgan nurlanish qonuni (q. Kirxgof nurlanish qonuni)ni yaratgan.