KIPRIKLI CHUVALCHANGLAR, tur bellyariyalar
KIPRIKLI CHUVALCHANGLAR, tur bellyariyalar (Turbellaria) — yassi chu- valchanglar sinfi. Tuban tuzilgan ikki tomonlama simmetriyali hayvonlar. Ta- nasi kiprikli epiteliy b-n qoplangan. Og’zi tanasining oldingi uchida yoki qorin tomonida. Ichagi xaltasimon, ba’zan yosh shoxchalarga ega, anal teshigi bo’lmaydi. Tuban K.ch.da oziq parenxi- mada hazm bo’ladi. Ayirish organi Pro- tonefridiylar (tuban tuzilgan K.ch.da bo’lmaydi). Tuban K.ch. nerv sistema- si teri ostida tarqoqjoylashgan nerv hujayralaridan, boshqalarda bosh gan- gliylar va ko’ndalang nerv tolalari b-n o’zaro bog’langan bir necha juft bo’ylama nerv stvollaridan iborat. Germafrodit. K.ch. gnatostomulidlar, temnosefallar, udonellidlar, se-relatlar kabi 11 ta turkumga bo’linadigan 3000 ga yaqin tur- ni o’z ichiga oladi. Ko’pchiligi yirtqich, erkin yashaydi. Dengiz va chuchuk suv havzalarida, ko’pincha, suv tubida uch- raydi; ayrim .turlari ignaterililar, mollyuskalar, qisqichbaqasimonlar va b. hayvonlarda parazitlik qiladi. Nam tropik o’rmonlarda quruqlikda yashaydi- gan turlari ham bor.