KISLOROD-KONVERTER JARAYONI

KISLOROD-KONVERTER JARAYONI — konverterlaraa suyuq cho’yanga texnik jihatdan toza kislorod yuborib, po’lat i. ch. jarayoni; konverterda ishlab chiqarish usullaridan biri. Sanoatda bi- rinchi marta 1952 y.da Avstriyada sinab ko’rilgan. K.-k. j.da qayta ishlanadigan oddiy Marten cho’yanidan, ba’zan tarki- bida fosfor ko’p bo’lgan, marganesi yoki vanadiysi ko’p bo’lgan cho’yandan foyda- laniladi. Konverterga suyuq cho’yandan tashqari 20-0% temir-tersak, ohak, bok- Sit, shpat, kamdan-kam temir rudasi so- linadi. Suyuq cho’yan solingan konverterga 1-1,6 MPa bosim ostida bo’g’zi orqali yuqoridan kislorod beriladi. Bunda, odatda suv b-n sovitiladigan furmadan foydalaniladi. Kislorod berish 12-20 min., eritish tsikli esa 30-45 min. da- vom etadi. Cho’yandagi qo’shilmalar (ugle- rod, kremniy, marganes va b.) ning kis- lorod b-n oksidlanishi natijasida cho’yan po’latga aylanadi va o’zidan issiqlik AJ- ratadi. Natijada metall suyuq holatda qoladi. Po’latni oksidsizlantirish yo’li b-n po’latdagi ortiqcha kislorod ka- maytiriladi. Bunda oksidsizlantirgich sifatida kremniy, marganes, alyuminiy, shuningdek, kaltsiy, tseriy, titan, mag- niy, ko’zgu cho’yanidan foydalaniladi. OK- sidsizlantirish mahsulotlari shlakka aylanadi va undagi zararli qo’shilmalar (oltingugurt va fosfor) yuqotiladi. K.- k. j.ning Konverter tubida joylashgan furma orqali suyuq cho’yanga havo berish turi ham bor. Bunda tutun kam chiqadi, yarokli po’latlar ko’proq ajraladi, i. ch.ning tezlashish imkoni katta bo’ladi. Biroq, qo’shilmalar shlakka sekin ayla- nadi, po’lat tarkibida vodorod ko’proq bo’ladi. 100-350 t suyuq cho’yan solina- digan kislorod konverterlari bor. K.-k. j. Marten pechlaridagiga nisbatan tez o’tadi. Barcha boshqaruv EHM da bajari- ladi. Sanoati rivojlangan mamlakatlar- da ishlab chiqariladigan po’latning 70% dan ortig’i K.-k. j. b-n eritib olinadi.