Klentse (Klenze) Leo fon

Klentse (Klenze) Leo fon (1784.29.2, Shladen, hoz. Quyi Sakso- niya, Germaniya — 1864.27.1, Myunxen) — nemis me’mori. So’nggi klassisizm namoyandasi. Germaniya, Frantsiya, Itali- yada uqigan. Jerom Bonapart (Kasselda, 1808-13) va Bovariya qiroli Lyudvig I (Myunxenda, 1815 y.dan) saroylari- da me’morlik qilgan. K.ning Myunxen (1816 y.dan) va Afina (1839-51)dagi shaharsozlik ishlari tantanavorligi, mustahkamligi hamda klassik uslubi b-n ajralib turadi. O’zining haybatli va hashamatli qurilishlarida (Myunxen- dagi Gliptoteka, 1816-30 va eski Pina- koteka, 1826-36; Sankt-Peterburgdagi Yangi Ermitaj, 1839-52) kad. yunon me’- morligidan keng foydalangan.