Klon

Klon (Yun. klon — shox, novda, Bach- ki) — bir o’simlik yoki hayvon organiz- midan jinssiz yoki vegetativ ko’payish yo’li b-n paydo bo’lgan individlar nas- li. Nemis olimi Vebber K. ni birin- chi bo’lib ta’riflab berdi (1903). K. hayvonot olamida — mikroorganizmlar, hasharotlarda, o’simliklar olamida — mevali daraxtlar, tok, piyoz va b.da uch- raydi. K. tuxumhujayradan apogam yo’li b-n meyozga uchramay paydo bo’lgan nasl- lardan; qalamcha, tuganak va b.da hosil bo’lgan ona o’simliklar naslidan va b. tashkil topishi mumkin. O’simliklar dunyosida vegetativ ko’payishda kurtak o’zgaruvchanligi tufayli navning nasli- da boshlang’ich o’simlikdan farqlanuvchi individlar tarzida paydo bo’ladi. Ular shu navning yangi K.larini boshlab be- radi. Shunga ko’ra, har bir navning ahamiyati turlicha bo’lgan bir nechta K.i bo’lishi mumkin. Ko’pchilik nusxalar- ning qim-matli xo’jalik belgilari K. olish yo’li b-n saqlab qolinadi. Bahodir Normatov.