Klon tanlash

Klon tanlash (o’simliklarda) — yaxshi klonlarni ajratib olish; ve- getasiya yo’li b-n ko’payuvchi o’simliklar navlarini yaxshilash usuli. K.t. kartosh- kachilik, uzumchilik va mevachilik se- lektsiyasida keng qo’llaniladi. K.t. (ve- getativ yul b-n ko’payuvchi o’simliklarda yakka tanlash) orqali aksariyat navning ayrim xususiyatlari (kasalliklarga, qurg’oqchilikka chidamlilik) va b.ni yax- shilashga erishiladi. Mas, K.t. yo’li b-n kartoshka rakiga chidamli kartosh- ka navlari chiqarilgan. Mevachilikda klon payvandtaglar keng qo’llaniladi. G’o’za selektsiyasida K.t.dan faqat cha- tishtirilgan turlarning xromosomalar to’plami nomutanosibligi tufayli be- pusht to’plami noyob duragaylarini (tur- lararo chatishtirishda) ko’paytirish va saqlashda foydalaniladi. Bunda ildiz tarmog’i kuchli rivojlangan madaniy g’o’za turlari shoxlariga duragay o’simlik qalamchalari ulanadi.