Klan

Klan (gelcha clann — nael, urug’, avlod) — 1) kelt xalqlarida urug’, ba’- zan qabila nomi. Keyinchalik, urug’chilik munosabatlari emirilishi davrida — taxmin etilgan urug’boshlig’i ismi b-n atalgan qad. urug’avlodlari bo’lgan qon- qarindoshlarning yirik guruhlari. Bun- da shotlandlar va irlandlarda umumiy ismga «o’g’il», «o’g’li» ma’nosini angla- tuvchi «Mak» qo’shimchasi qo’shila bosh- langan (mas., MAK Kartli, Makdonald); irlandlarda buni boshqa bir shakli ham bo’lib, ism oldiga «o» («nabira») qo’shimchasi qo’shilgan (mas, o’Konnor). K. urug’chilik tuzumiga xos bo’lgan erning umumiy mulkligi va b. udumlar (xun olish, umumiy kafillikka olish va b.) ni saqlab qolgan. Shotlandiya va Uels ning ayrim r-nlarida K. 19-a.gacha saqlangan. Hoz. (asosan, chet el) adabiyotlarda K. — «urug'» istilohiga mos keladi.