Klark, elementlar klarki
Klark, elementlar klarki — muayyan tabiiy sistema (er po’sti, gi- drosfera, atmosfera, biosfera, umu- man, erda yoki samoviy jismlar) tar- kibida kimyoviy elementlarning o’rtacha miqdorini bildiruvchi son. K. massa birligida (%, g/t va h.k.) va atomlar % yoki %p sida ifodalanadi. Er po’stini tashkil qilgan turli tog’jinslarining kimyoviy tarkibiga qarab ularni 16 km chuqurlikka qadar tarqalganligini hisobga olgan holda ma’lumotlarni umumlashtirish birinchi marta Ameri- Kalik olim F. U. Klark (1847-1931) tomonidan bajarilgan (1889). Er po’sti tarkibidagi kimyoviy elementlarning Klark aniqlagan foiz mikdorini key- inchalik rus olimi A. E. Fersman yanada takomillashtirib, uni Klark sonla- ri yoki Klark deb atashni taklif qildi. Er po’stida, uning hoz. zamon tushunchasi bo’yicha sayyoraning Moxorovichich chega- rasi (Moxorovichich yuzasi)dan yuqori qismi sifatidagi qatlamida element- larning o’rtacha mikdori rus olimi A. P. Vinogradov (1962), Amerika olimi S. R. Teylor (1964), nemis olimi K. G. Vedepol (1967) tomonidan hisoblab chiqilgan. Elementlar klarkidan foy- Dali kazilma konlarida, tog’jinslari- da yoki regionlarda kimyoviy elementlar kontsentrasiyasining ko’p yoki kamligini qiyoslashda etalon sifatida foydala- niladi. Ba’zida K. termini element- larning konlarda yoki alohida massiv (hudud)lardagi o’rtacha mikdori sifatida noto’g’ri talqin etiladi.