Klassik ta’lim
Klassik ta’lim – qad. lotin, yunon tillari, antik adabiyot va mat. Ni o’rganishni asos qilib olgan umumiy o’rta ta’lim turi. Antik madaniyatga qiziqish o’sishi munosabati b-n Uyg’onish davri- da paydo bo’lgan. 16-a.ning o’rtalaridan G’arbiy Evropada dastlabki klassik gim- naziyalar tashkil topdi. K.t.ning nazariy tizimini 19-a.ning 1-yarmida nemis pe- dagogi I. F. Gerbart ishlab chikdi. Uning ta’sirida G’arbiy Evropa va Rossiyada gimnaziya, lisey, kollej va b. nomlarda K. t. to’liq shakllandi. Bu o’quv yurtla- rida lotin va yunon tillarini urganish o’quv rejasining 40% ni tashkil etdi. 19-20-a.larda sanoat i.ch.ning rivoj- lanishi Real ta’limning amalga oshishi va K.t.ning sekin-asta qisqarishiga olib keldi. Bir qancha mamlakatlarning o’rta maktablarida ta’lim yo’nalishlaridan biri sifatida saqlanib qolgan.