Kiyatkin Petr Filipovich
Kiyatkin Petr Filipovich (1898.17.9, hoz. RF Mordoviya Respu- blikasi — 1979.24.4, Toshkent) — se- lektsioner, O’zbekistonda qo’ychilik va Echkilik selektsiyasi asoschilaridan biri. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1955), O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan zootexnik (1950), q.x. fan- lari dri (1953), prof. (1962). Lenin- grad q.x. institutini tugatgan (1927). «O’zbekjivotnovodsoyuz»da zootexnik (1927-30), Moskvadagi «Ovtsevod» tre- stida Qozog’iston va O’zbekiston bo’yicha bosh zootexnik (1930— 35), O’zbekiston chorvachilik tajriba st-yasida (hoz. Chor- vachilik i.t. in-ti) bo’lim mudiri (1935- 50, 1960-70, 1970 y.dan maslahatchi), O’zR FA Zoologiya va parazitologiya in- tida laboratoriya mudiri (1950-60). Ilmiy ishlari jundor-go’shtdor, shu jumladan, hisori qo’ylar, jundor ech- kilar biol. si va genetikasi masalala- riga bag’ishlangan. Pop, CHuet, Parkent tumanlari xo’jaliklarida o’zoq yillar mobaynida selektsiya ishlari natijasida O’zbekiston jundor, jundor («Sovetskaya sherstnaya») qora tivit beruvchi echki zot- larini, O’zbekiston go’shtdor-jundor qo’y zotini va podalarini yaratdi. As: puti i metodi vivedeniya novoy Porodi sherstnix koz, T., 1964; Pro- tsess porodoobrazovaniya oves, T., 1968; Kurdyuchnie ovsi i plemennaya rabota s nimi, T., 1968; myaso-sherstnie ovsi O’zbekistona, T., 1977.