Knunyans Ivan Lyudvigovich
Knunyans Ivan Lyudvigovich (1906.22.5 (4.6) — Tog’li Qorabog’ — 1994) — organik kimyogar. Akad. (1953). General-mayor — muhandis. Piridin yadrosiga turli radikallarni kiri- tishning yangi usullarini kashf etgan. Etilen oksidini atsetosirka kislota b-n reaktsiyaga kiritib, uasetopropil spirtini olgan. Hozir bu usul V, Vita- minini olishda qo’llaniladi. Kapro – laktamning to’g’ri chizikli polimerlash reaktsiyasini ilk bor o’rgangan. Saraton kasalligining ayrim turlari uchun sama- rali kimyoviy terapevtik vositalar ol- gan. Ulardan «lofenal» amaliyotga joriy etilgan. Ftororganik birikmalar usti- da muntazam izlanishlar olib borib, bu sohada ilmiy maktabga asos solgan. D. I. Mendeleev nomli kimyogarlar jamiyati jur.ning bosh muxarriri, kimyo entsi- klopediyasining tashabbuskori va bosh muharriri.