Kitakyusyu
Kitakyusyu — Yaponiyadagi shahar, Simonoseki bo’g’ozidagi port. Kyusyu o.ning shim. chekkasida, Fukuoka Pre- fekturasida. 1963 y.da sanoat markazla- ri — Yavata, Tobata, Koko’ra, Vakamasu va Modzi sh.larining qo’shilishidan tarkib topgan. Aholisi 1,01 mln. kishi (1995). K. — transport yullarining muhim tuguni. Mamlakatning eng yirik sano- at markazlaridan biri. Og’ir va engil sanoat korxonalari ko’p. Sanoatining etakchi tarmoqlari—qora va rangli me- tallurgiya. Koks-kimyo, kimyo, mashina- sozlik, oziq-ovqat, to’qimachilik, harbiy sanoat, neftni qayta ishlash, tsement, oyna-keramika, poligrafiya korxonala- ri bor. Koko’rada ko’mir-energetika kti qurilgan. Yavatada dunyodagi eng yirik metallurgiya k-tlaridan biri joylash-gan. Shahar Xonsyu oroli b-n suv osti yo’li orqali bog’langan.