Ijtimoiy ta’minot
Ijtimoiy ta’minot – kek- saygan, mehnatga layoqatsiz bo’lgan va bo- quvchisini yo’qotgan fuqarolarga moddiy, tibbiy va ijtimoiy yordam ko’rsatish bo’yicha davlat tomonidan belgilangan ijtimoiy-iqtisodiy tadbirlar tizimi. Ijtimoiy himoyaning muhim tarmog’i. I.t. to’g’ridan-to’g’ri davlat byud- jetidgn ajratiladigan mablag’lari, homiylar (turli jamg’arma va tashki- lotlar, yuridik va jismoniy shaxslar) mablag’lari hisobidan amalga oshiri- ladi. I.t. miqdori va taqdim etish tar- tibi milliy urf-odatlar va xalqaro me’yorlarga asosan ishlab chiqilgan Qonunchilik hamda davlatning iqtisodiy imkoniyati doirasida amalga oshiriladi. Pensiyalar (keksalik bo’yicha, nogiron- lik bo’yicha, boquvchisini yo’-qotganlik bo’yicha va ijtimoiy nafaqap&o’ (no- giron bolalarga, bolalikdan nogiron- larga, ishlamagan yolg’iz nogiron va kek- salarga) to’lovlari I.t.ning eng muhim turlari hisoblanadi. Qari-yalar va no- gironlarga ijtimoiy xizmat ko’rsatish — nogironlarni «Mu-ruvvat» uylariga, yolg’iz qariyalarni «sahovat» uylariga joylashtirish, muhtojlarni protez-or- topediya va harakatlanish vositalari b-n ta’minlash, nogiron bolalarni kasb- ga o’qitish va ishga joylashishda yordam ko’rsatish, pensionerlarni sanatoriy va dam olish uylarida sog’lomlashtirish, ularga shahar jamoa transportlaridan foydalanishda, turar joy, maishiy xiz- mat va soliklarga aloqador imtiyozlar berish I.t.da katta rol o’ynaydi. O’zbekistonda I.t. tizimi 20-a.ning 20-y.lari boshidan shakllana boshlangan. O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan so’ng 90-y. lar boshidan bozor munosabatlariga o’tish va ijtimoiy-iqtisodiy tizimni isloh qilish davrida aholini, ayniqsa no-chor guruxlarni aniq manzilli va maq- sadli ijtimoiy himoya qilish tizimi barpo etildi, pensiya jamg’armasi, ijti- moiy nafaqalar, pensiyalar va nafaqalar indeksasiyasi kabi tushunchalar va tuzil- malar amal qila boshladi. O’zbekiston Respublikasining «Fuqarolarning davlat pensiya ta’- minoti to’g’risida»gi 1993 y. 3 sent. dagi qonu-nida pensiyalar miqdori mehnat sta-Ji va o’rtacha ish haqita yana- da uzviy bog’landi. Pensiya va ijtimo – iy nafaqalar tushunchalariga aniqpik kiritilib, pensiya — mehnat stajiga ko’ra qo’lga kiritilgan huquq, ijtimoiy nafaqa esa muhtojlarga davlat tomoni- dan ko’rsatiladigan yordam deb belgilab qo’yildi. I.t.ning anchagina qismi ayrim toifadagi fuqarolarga imtiyozlar be- rish, ularni umumiy qoidalarning ta- lablari va majburiyatlaridan to’liq yoki qisman ozod qilishdan iborat. Hoz. davr- da 1,2 mln.dan or-tiq pensionerlar va nogironlar 18 turdagi imtiezlar (shifo- kor reseptiga asosan bepul dori-darmon olish, protez-ortopediya mahsulotlari b-n ta’minlanish, nogironlar aravacha- lari olish, avtomashina benzini uchun to- von puli olish, mol-mulk, er soligidan ozod etish va b.)dan foydalanmoqda, har oyda ularga me’yorlangan har xil oziq- ovqat va kir yuvish vositalari bepul et- kazib beriladi. 2001 y. 13 Fev.da aholini ijtimoiy himoyasi bo’yicha davlat boshqaruvini mu- kammalashtirish maqsadlarida mehnat vazirligi va ijtimoiy ta’minot va- zirligi birlashtirilib, O’zbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijti- moiy muhofaza qilish vazirligi tashkil etildi. I.t. tizimida Qoraqalpog’iston Respublikasi mehnat va aholini ij- timoiy muhofaza qilish vazirligi, 12 viloyat va Toshkent sh. Mehnat va aholini ijtimoiy muhof-za qilish boshqarmalari, 213 tuman va shahar ij- timoiy bo’limi, 26 «muruv-vat» va 8 «Sahovat» qariyalar uylari, urush va mehnat faxriylari respublika Pansi- onata (1970), «Nuroniy» (Toshkentda), «Oltiariq» (1979) va «Tovoqsoy» (1971), «Kosonsoy» (2002) sanatoriylari, No- gironlarni tibbiy-ijtimoiy va kasb bo’yicha sog’lomlashtirish milliy Mar- kazi va uning 10 ta mintaqaviy markaz- lari, tayanchharakat qilish tizimi bu- zilgan nogironlarni sog’lomlashtirish respublika markazi, 180 tibbiy-mehnat ekspertiza komissiyalari (TMEK), 3 ta nogiron bolalar uchun kasb-hunar bilim yurtlari aholiga xizmat ko’rsatadi. I.t. sohasi uchun oliy va o’rta ma’lumotli kadrlar O’zbekiston milliy un-ti, tosh- kent davlat iqtisodiyot unti Toshkent moliya in-ti, Toshkent ijtimoiy ta’mi- not huquqshunoslik texnikumi (1967)da tayyorlanadi. O’zbekiston Respublikasida pensiya jamg’armasi mablag’lari hisobidan pen- siya va ijtimoiy nafaqalar to’lash uchun qilingan xarajatlar 283897 mln. so’mni tashkil etdi (2001; 1995 y.da 15878,4 mln. so’m). O’zbekistondagi pensionerlar soni va tarkibi jadvalda berilgan. Oqiljon Obidov.