ISHLAB CHIQARISH SAMARADORLIGI

ISHLAB CHIQARISH SAMARADORLIGI — korxona miqyosida iqtisodiy faoliyat, iqtisodiy dasturlar va tad-birlarning foydali natijalar beri-shi, olingan iqtisodiy samara- ning muayyan qiymatga ega bo’lgan resu- relarni qo’llagan holda eng yuqori i.ch. haj-miga erishishga sabab bo’lgan i.ch. omillari, resurelar sarflariga nisbati b-n tavsiflanadi. I.ch.s. korxona faoli- yatining yakuniy natijasini ko’rsa-tadi. Miqsoriy jihatdan I.ch.s.ni mahsulot i.ch. uchun sarf qilingan mehnat miqdori b-n o’lchash mumkin, lekin mehnat sarfini aniq o’lchash ancha qiy- in. Shu sababli, I.ch.s. mehnat resursla- ridan foydalanish samaradorligi; i.ch. vositalaridan va kapitaldan foydala- nish samaradorligi ko’rsatkichlari b-n aniqlanadi. Korxonalarda I.ch . s.ning umumlashgan ko’rsatkichi tovar i.ch. sur’- atlarining o’sishi hisoblanadi, undan tashkari puldagi xarajatlar birligiga to’g’ri keladigan mahsulot hajmi, balans foydaning asosiy va aylanma fond- lar yigindisiga nisbati, to’la tannarx ko’rsatkichlari muhim ahamiyatga ega. Mehnat unumdorligining o’sishi sur’- atlari, mehnatni tejash va mahsulot hajmi o’sishida mehnat unumdorligi hissasi kabi ko’rsatkichlardan ham foy- dalaniladi. I.ch.s.texnik samaradorlik (i.ch. hajmi), iqtisodiy samarador- lik (mehnat unumdorligi, mexnat re- surslari, asosiy fondlar, aylanma resu- relar), ijtimoiy samaradorlik (moddiy resurelar, foyda) hisobiga shakllanadi. I.ch.s. hisoblashdan maqsad samara- dorlikka nimalar hisobiga erishilgani- ni aniqlash va yana kanday omillar Eva- ziga uni oshirish mumkinligini belgi- lashdan iborat (q. Rentabellik, Foyda).