Italyanlar
Italyanlar — xalq. Italiyaning asosiy aholisi. Umumiy soni 66,5 mln. kishi (1990-y.lar o’rtalari), jumladan, AQShda (8,5 mln. kishi), Argen-tinada (1,35 mln. kishi), Frantsiyada (1,1 mln. kishi) va b. mamlakatlarda ham yashaydi- lar. Evropeoid irqiga mansub. Italyan tilivya so’zlashadi. Dindorlari — aso- san, katoliklar. Mil. AV. 1ming yillikda Apennin ya.o. aholisining aksariyatini italic qabilalar tashkil etgan (q. Italiklar). Ulardan biri — Laniy viloyatida yasha- gan lotinlar Rimga asos solganlar va, shuningdek, boshqa italik kabilalarini va yarim orolning shim.da yashovchi etru- SKlar, ligurlar, venetlar, keltlarni hamda yarim orolning Jan.dagi va Sar- diniya, Sisiliya va Korsika o.laridagi yunonlar, karfagenliklar va sikullarni tobe etishgan. Mil. 1 — 2-a.larda yarim orolning barcha aholisi lotin tilining xalq lahjasida so’zlashgan. Mil. 5-a.dan bu aholi german qabilalari (vestgotlar, vandallar, ostgotlar, langobardlar) b-n aralashib ketgan. 6-10-a.lar mobay- nida Italiyaning ayrim viloyatlarini vizantiyaliklar, franklar, arablar, Ven- gerlar, normannlar bosib olgan; bos- qinchilar b-n aralashib ketish natija- sida italyan elati va italyan xalq tili shakllangan. Biroq rasmiy til lotin tili bo’lib qolgan. 11-13-a.larda ita- Lyan xalqining shakllanishi tugallan- gan. 13-14-a.larda toskan laxjasi Yago- na italyan adabiy tili qaror to-pishida muhim rol o’ynadi, 19-a. 2-yarmida ita- liyani siyosiy jihatdan birlashtirili- shi jarayonida I. millat bo’lib shakllan- gan. I.da xalq badiiy-bezak san’ati ko’p asrlik tarixga ega. I. jahon musiqa madaniyati va tasviriy san’atiga Yi- rik hissa qo’shganlar (I.ning tarixi, xo’jaligi va madaniyati haqida yana q. Italiya).