Issiqko’l

Issiqko’l — shim. Tyanshanda- gi oqmas ko’l, Qirg’izistonning shim. Sharqiy qismida. Dunyodagi eng yirik tog’ko’llaridan biri. 1608 m balandlik- da, Issiqko’l soyligida, shim. da kungay Olatov va Jan. da Terskay ola-tov tiz- malari orasida. Mayd. 6326 km2 (ba’zi manbalarda 6330 km2), uz. 178 km, eni 60 km, chuq. 668 m gacha (ba’zi manbalarda 702 m gacha), o’rtacha chuq. 278 m, suv hajmi 1738 km3. I. ga 50 dan ortiq Daryo quyiladi. Eng yirik daryolari: Jirg’alan, tup (Sharq tomondan quyiladi), maydala- ri — Qoraqo’l, qizil-suv, juka, Oqsuv, Ko’ksuv. I. havzasining mayd. 21,9 ming km2. Iqlimi iliq, quruq, mo»tadil. Sohilda iyulning o’rtacha t-rasi 16-17°, yanv. niki g’arbda — 2° dan — 3°gacha, Sharqda — 4° dan -7°gacha. I. ustiga yiliga 250 mm, g’arbda 110 mm, Sharqda 470 mm yog’in tushadi. I. dan 700 mm cha suv bug’lanadi. Fapbida va sharqida tez- tez kuchli sha-mollar bo’lib turadi. Sha- mol esganda to’lqinlar bal. 3-4 m gacha bo’ladi. Suv sathi yiliga 10— 50 sm o’zgarib turadi. Suv yuzasining t-rasi yanv. da 2-3°, iyul va avg. da 19-20°, 100 m dan chu-qurda yil bo’yi 3,5—4°. Qattiq qishda faqat qo’ltiqlar muzlaydi. Suvi yashil rangda (tinikligi 12 m dan ortiq), sho’rroq (5,8%o), ichish va sug’orish uchun yaramaydi. 20 dan ortiq baliq turi bor. I. qo’ltiqlarida va g’arbida yiliga 20— 50 ming suzuvchi parrandalar qishlaydi. 1958 y. da Issiqko’l qo’riqxonasi tashkil etilgan. I. da muntazam yuk va yo’lovchi tashuvchi kemalar qatnab turadi. Asosiy portlari: Baliqchi, qo-raqo’l pristani. Aholisi q. x. (dehqonchilik, chorvachilik, bog’dorchilik), shuningdek, baliq ovlash b-n shug’ullanadi. I. ning shim. sohilida Cho’lponota, Jan. sohilg’ida esa tamg’a ku- rortlari joylashgan. Turizm rivojlan- gan.