Ipak kurti tuxumi, qurt tuxum

Ipak kurti tuxumi, qurt tuxum — ipak kurti kapalaklari tuxumi. Tuxum ipak qurti tuxumdonida shaklla- na borib, asosan, g’umbak organizmida rivojlanadi. I. q. t. loviya shaklida, yarim tiniq qobiq (po’choq)qa o’ralgan. Kobikda juda ko’p mayda te-shikchalar bo’lib, ular orqali embrion nafas ola- Di. Yangi qo’yilgan tuxumning rangi och sariq bo’lib, 2-3 kecha-kunduz davomida och sariq rangdan pushti rangga, so’ngra qizg’ish-qo’ng’ir rangga va nixryat, bo’z- kulrang tusga kiradi. Tuxum rangining bunday o’zgarib turishi uning o’sib- rivojlanayotganligi, hayot jarayonlari- ning davom etayotgani belgisidir. Tu- xum xorion deb ataladigan qattiq qobiq (po’stloq) b-n qoplangan, qobiqning qalinligi ipak qurti zotlariga qarab 20-60 mikron bo’ladi. Tuxumning uchki tomonidagi maxsus quvurcha (mikropil naycha deb ham ataladi) orqali tuxum ichiga spermatozoid kiradi. Otalanmagan (erkak kapalak b-n qo’shilmagan) tuxumlarning rangi sariq bo’ladi, keyinroq borib bu tuxumlar qurib qoladi. Tuxumlarning vazni ipak qurtining zotiga, tuxum tashlash mud- datiga, voltinligiga, ya’ni bir yilda nechta avlod berishiga va qurt boqish sharoitiga bog’liqdir. Yuksak agrotexni- ka qoidalariga rioya qilinib boqilgan ipak qurti tuxumlarining bo’yi 1,4— 1,5 mm, eni 1,1 — 1,2 mm, massasi esa 0,525—0,670 mg ga yaqin bo’ladi. Solish- tirma og’irligi 1,08 g. 1500-2000 tuxum 1 g keladi. O’zbekistonda ipak qurti zoti va duragaylari bir quti tuxumlari VAZ- ni 29 g (ayrim mamlakatlar, mas, Rossi- yada 25 g) qilib belgilangan. Urug’langan tuxumda 2-3 kunda embrion va pigment- li seroz qobiq (parda) hosil bo’ladi, bunda tuxum ko’kish-kulrang tusga kiradi (urug’lanmagan tuxum oqishligicha qolib qovjiraydi). Embrionning dia-pauza davri 2 bosqichda o’tadi: 1-bosqichda em- Brionning (yoz va kuz mobay-nida) nafas olishi susayib, unga haroratning orti- shi ta’sir etmaydi; 2-bosqichda (qish va bahor mobaynida) embrionga qarorat ta’sir eta boshlab, uning nafas olishi kuchayadi, rivojlanish qobiliyati tikla- nadi. I. q. t. bahorda tut bargi etili- shini hisobga olgan holda maxsus inku- batoriyalarda ochiriladi (q. Ipak qurti tuxumi in~ kubasiyasi). Takroriy qurt boqish uchun diapauzani bartaraf etish maqsadida tuxumga xlorid kislota erit- masi b-n ishlov beriladi. Yoqubboy Akijikov!