Ixtiro

Ixtiro — xalq xo’jaligining turli sohalarida, ijtimoiymadaniy qurilish va mudofaa sohalarida ijobiy samara beradigan, o’ziga xos texnikaviy echimga ega bo’lgan yangilik. Tor ma’noda — davlat tomonidan tan olinadigan va tegishli qonun b-n muhofaza qilinadigan yangi texnikaviy echim. Har qanday yangi- lik ham I. bo’la-vermaydi. Mac, kuruq ilmiy qoidalar, xususan, kashfiyotlar, amalga oshirib bo’lmaydigan va xato ta- kliflar (mas, abadiy dvigatel yaratish haqidagi takliflar) I. hisoblanmaydi. Hal qilinadigan masala faqat naza- riy emas, balki amaliy ehtiyojlarni qondiradigan bo’lishi lozim. I. qonun b-n muhofazalangan davlatlarda har bir taklifning I. bo’lish shartlari belgi- lanadi. Bu shartlardan asosiysi masala- ning eng yangi hisoblangan texnik echimi- dir. Muayyan taklifni I. deb hisoblash uchun undan bir necha marta foydalanish imkoni qam bo’lishi kerak. I.ning yangi- ligi, ya’ni bi-rinchi ekanligi (ko’pincha, ixtirochilikka oid tashkilotlarga be- rilgan hujjat — ariza sanasi) oldin berilgan mualliflik guvohnomalari va Pa-tentlar, I.lar e’lon qilinadigan tegishli adabiyotlar, ko’rgazmalarda na-moyish qilingan eksponatlar va b.ga muvofik, aniqlanadi. O’zbekiston Res-publikasida ixtirochi bo’la olish shartlari va uni tasniflash tartibi O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan 1994 y.da tasdiklangan «IX- tirolar, foydali modellar va sanoat na- munalari haqida»gi qonunda belgilan- gan. I. bo’yicha talabnomalarni eksper- tiza qilish, mualliflik guvohno-masi va patent berish ishlari O’zbekiston Respublikasi Davlat patent ido-rasi to- monidan amalga oshiriladi (yana q. Ixti- rochilik huquqi).