ISSIQLIK ELEKTR MARKAZI

ISSIQLIK ELEKTR MARKAZI (IEM) — elektr energiyasi b-n bir- ga issiq suv va bug’ishlab chiqaradigan isiqlik elektr st-yasi. Asosiy energe- ) tik agregatlari qatoriga suv yuradigan quvur (truba) lar batareyasidan iborat qozon tizimi, bug’turbinalari, Turbo- generatorlar va bug’turbinalarida ish bajargan issiklikni is-te’molchilarga yuboradigan qurilmalar kiradi. IEM larda qattiq, suyuq yoki gaz holatdagi organik yoqilg’ilar AJ-ratgan issiklik qozon tizimida suvni yuqori bosimli bugga aylantiradi. Bug’bosimi tatliri- da turbinalarning ; parraklari genera- torlarni harakatga keltiradi, natijada issiklik energiyasi turbina (bug dviga- teli) vositasida mexanik energiyaga ay- lanadi, generator esa uni elektr ener- giyasiga aylantiradi. IEM ning f. i. k. issiklik elektr st-yalarinikiga nis- batan keskin yuqori, ya’ni t|=60-70% ga teng. Bunga erishish uchun IEM tur- binalaridan o’tib ish bajargan bug’ning bir qismigina sovitkichlar vositasida qayta suvga aylantirilib qozon tizi- miga yuboriladi, qolgan qismi esa sano- at korxonalari ehtiyojlariga hamda uy- joylarni isitishga sarflanadi. IEM butun shahar, tuman mikyosida sanoat korxonalarini, turar joy binolarini, maishiy muassasalarni elektr energiya- si, issiq suv b-n ta’minlash va isitishga xizmat qiladi. Faqat elektr energiya- si ishlab chikaradigan issiklik elektr st-yalariga nisbatan IEM iqtisodiy jihatdan ancha tejamli, unda 20-25% yoqilg’i kam sarflanadi, qulay. Turbi- nalardan sanoat korxonalariga berila- digan bugning mutlaq bosimi 8-16 at, isitish uchun beriladiganiniki 0,5—2,5 at. IEM da yoqilg’i sifatida ko’mir, gaz, mazut va b. ishlatiladi. Ularda t-rasi 565°, bosimi 130 at. gacha bo’lgan burden foydalaniladi. IEM ning ishi avtomatlashtiril- gan. Gaz turbinalari va yadro elektr st- yalarini ham IEM tipida qurish mum- kin.