ISSIQXONA EKINLARI
ISSIQXONA EKINLARI – issiqxonalarda o’stiriladigan o’simliklar. I. e. ga, asosan, pomidor va bodring, qisman limon, gullar, bar- ra piyoz, rediska, ko’kat sabzavotlardan ukrop, salat, petrushka, shuningdek, sham- Pinon zamburug’i, ovqatga yangiligida ishla-tiladigan ziravorlar, salalir va manzarali o’simliklar kiradi. I. e. ni o’stirish usullari: doimiy joy- ga ekish, ko’chat qilib o’tqazish, etil- tirish, o’sishni tezlatish. I. e. yorug’ni ko’p talab etadi. Salatbop sachratki va shampinon qorong’ida o’stiriladi. I. e. ning haroratga talabchanligi har xil. Bodring, qovun, tarvuz, pomidor, bakla- jon, qalampir, piyoz, petrushka, sel- derey yuqori harorat (18-28°) da; gul- karam, rediska, salat, kolbari, ukrop va b. mo»tadil harorat (12-16°) da o’stiriladi. Bahor-yoz oylarida bodring, pomidor, salat, gulkaram va b.; kuzqish oylarida pomidor, ko’k piyoz, gulkaram, salat, selderey, petrushka va b. etish- tiriladi. Bodring tugishi va mevalar- ning o’sishi uchun fotosintetik aktiv radiasiyaning (Far) minimal o’rtacha kunlik yig’indisi 28 kkal/sm2 ni, po- midor uchun esa 38 kkal/ sm2 ni tash- kil etishi lozim. O’zbekistonda Far- ning dek.—yanv. oylaridagi yig’indisi 2620-3390 kkal/sm2 tashkil etadi. Kuzqish davrida bodring etishtirish uchun tuvakchalarda etishtirilgan kuchat- lar sent. da issiqxonaga o’tkaziladi, okt. ning 2-yarmidayoq ulardan hosil olina- Di. Kishki issikxonaga bodring urug’i dek. ning oxirida ekiladi, 40-45 kun- lik ko’chati esa yanv. ning 2-yarmi—Fev. ning boshlarida o’tkaziladi. Bahorgi issiqxonalarga ko’chat martning boshla- rida o’tqaziladi. Kuzqish davrida po- midor etishtirish uchun urug’i iyulda tuvakchalarga ekilib, kuchatlarni avg. da issiqxonaga o’tkaziladi. Qish-ko’klam davridagiga esa urug dek. ning boshi- da sepilib, ko’chati Fev. ning boshla- rida issiqxonaga o’tkaziladi. Bahorgi issiqxonalarga faqat martning boshla- rida ko’chat o’tqazish mumkin bo’lganligi sababli, urug’yanv. boshlarida ekiladi. I. e. ning hosili o’simliklarning is- te’mol qilinadigan qismlari (barg, poya, ildizmeva, meva, tugunak va b.) etilishi- ga qarab yig’ishtirib olinadi. Botir Azimov.