Imom

Imom (Arab. — oldinda turuv- chi) — namozda oldinda turuvchi, g’oyaviy rahbar, musulmon jamoasi boshlig’i. Kundalik xayotda maejidda jamoa namo- zining rahbarini I. deb ataydilar. I. vazifalarini ayni bir odam bajarishi mumkin, ammo I. mansab qam, kasb ham hisoblanmaydi: u haqiqatda namozni boshqarib turganligi uchungina I. deb e’tirof qilinadi. Mahalla va qishloq maejidlarida, odatda, diniy ma’lumoti bor odam I. hisoblanadi. Jome maejid- larining I.i maxsus diniy ma’lumotga ega va dindorlar o’rtasida obro’qozongan bo’lishi kerak. Namozda kimlar Imom bo’lishga haqliroq ekani fiqh kitobla- rida bayon qilingan. Islom dini paydo bo’lgan dastlabki yillarda I. vazifasini Muhammad (sav), u zotning vafotlaridan so’ng esa xalifa- lar bajargan. Muhammad (sav) va dast- labki xalifalar namozda oldinda turuv- chilargina emas, shu b-n bir vaqtda qavm boshliklari ham edilar, bi-nobarin I. — xalifa amalda oliy diniy va siyosiy rahbar hisoblangan. Nazariy jihatdan yagona musulmon jamo-asida I.ni oliy diniy va dunyoviy hokim sifatida tasav- vur qilish ana shundan boshlangan. Aynan kimni qonuniy I. deb hisoblash kerak va uning hokimiyatining mohiyati qanday, degan masaladagi baqslar musulmonlar- ning sunniylar va shialarga bo’linishiga sabab bo’ldi. Sunniylarning oliy hoki- miyat nazariyasiga ko’ra, xalifa barcha mu- sulmonlarning I.i hisoblanadi. Xalifa — I.ning asosiy vazifa- si — dinni saqlash va dunyoviy ish- larni boshqarish. I. diniy qonun- qoidalar qavm hayotiga to’g’ri joriy qilinayotganligini kuzatib borishi ke- rak. Sunniylar, shuningdek, xorijiylar I.ni qavmning vakili hisoblaydilar, u nazariy jihatdan butun qavm tomonidan, amalda esa uning vakillari tomonidan saylanadi yoki o’tmishdoshi tomonidan tayinlanadi. Shialar nazariyasiga ko’ra, I.larning oliy hokimiyati Xudo tomonidan belgi- lab qo’yilgan, shu sababli u odamlarning xohishiga bog’liq bo’lishi mumkin emas, ya’ni I. saylanishi mumkin emas (I.ning saylab qo’yilishiga faqat zaydiylar qarshi emasdilar). Avval boshdan I.ning saylanish qoidasini rad etgan shia- lar musulmonlar qavmi va davlatining oliy hokimiyati Ali avlodlariga meros hisoblanadi, chunki ularning huquqi ilohiy ko’rsatma b-n belgilab qo’yilgan, deb e’lon qildilar. Biroq Ali avlodla- ri tabiiy ravishda bo’linib, tarqalib keta borgan sari oliy hokimiyatga da’vo- garlik qilishi mumkin bo’lganlar soni kupaya bordi. Ali avlodlarining turli shajarasi vakillarini I. sifatida tan olgan shialik har xil oqim va jamoa- larga bo’linib ketdi. Zaydiylar, ismo- iliylar, imomiylar, «keskin» shialar oliy hokimiyatni berish qoidasi, I.ning huquq va burchlari, I.larning hukmron sulola b-n hamkorlik qilishi mumkinli- gi, ularning «adolatsiz» hukmdorlarga munosabati va h.k. masalalarni turlicha talqin qildilar. Ko’pchilik uchun hoz. vaqtda Ali avlodlari bo’lgan haqiqiy I. yo’q. Shialarning diniy rahnamolari — «din odamlari» (rijal ad-din) uning to’la huqukli vakillaridir. I. istilohi shialik va sunniylikda, shuningdek, yirik diniy rahna-molar, katta qavmlarning rahbarlari, diniy mazhab va maktablar asoschilari (Abu Hanifa, al-Ash’ariy, Humayniy va h.k) ga hurmat yuzasidan ham qo’llaniladi.