Indov, eruka
Indov, eruka (eshsa sativa Lat.) — butguldoshlar (Crucifearae) oilasiga mansub bir yillik o’simlik, moyli ekin. Evropaning janubi, Kavkaz, G’arbiy Si- bir, shim. va Sharqiy Afrikada 5-6 turi uchraydi. Kichik Osiyo, Efiopiya, Hindiston, O’rta Osiyoda moyli ekin sifatida ekma I. (E. sativa) ekiladi. Ildizi o’q ildiz, sershox. Poyasi shoxla- nib tik o’sadi. Bo’yi 20— 80 sm. Bargi cho’zinchoq, chetlari tishchali, pastki bar- glari bandli, yuqori-dagilari bandsiz. Gullari sariq yoki oq binafsha rang, yon shoxlarining uchlarida bir nechta to’p bo’lib joylanadi. Mevasi to’rt qirrali, ko’p urug’li, uz. 20-25 mm, li qo’zoqcha, uchida uzun burunchasi bor. Urug’i may- da, yashil, kulrang, uz. 2-3 mm, eni 1,2- 1,5 mm. 1000 dona urug’vazni 2,5—3,5 g. Erta bahorda ekiladi. Apr. oxiri — mayda gullaydi, mevasi iyul—avg. da etiladi. Urug’i tarkibida 26-35% chala quriydigan moy, glyukoerusin gli- kozidi, bargida flavoin glikozidi va b. bor. Yog’i oziq-ovqatda va texnikada qo’llaniladi. Il Gari O’zbekistonda Lal- mi erlarda moy olish uchun ko’p ekilgan. Ayni paytda O’rta Osiyo va Sibirda be- gona ut hisoblanadi. Ba’zi ekinlar, Xu- Susan, zig’irzorlarda usib, zarar kelti- radi. Tabobatda urug’i ishtaha ochish va yaralarni (moyi qo’tirni) davolash uchun qo’llaniladi. I. moyi qoramtir, o’tkir hidli, taxir, suyuq bulib, so-Vun ishlab chiqarishda, to’qimachilikda hamda lok- buyoq sanoatida ishlatiladi. Halima Otaboeva.