Indonez tillari

Indonez tillari – malayyapo lineziya (yoki avtroneziya) tillari oila- siga mansub tillar. Filippin, Tayvan, Katta va kichik zond, Malukka o., Malak- ka ya. o., Jan. Vetnam ba’zi hududlari va Madagaskar o. da tarqalgan. I. t. lingvistik jihatdan kam o’rganilgan bo’lib, ularni ilmiy tas- niflash ancha mushkul. Ilk tasniflarga ko’ra, I. t. lar 8 guruhga (frantsuz olimi G. Ferran) yoki 16 guruhga (niderland olimi ya. Gonda) bo’linadi. I. t. lar ichi- da eng ko’p tarqalgashtari: indonez tili; Malayya tili; Yava tili; sundan tili (Yava o. Jan.-g’arbiy qismida tarqalgan); sha- gal tili; Malaga-siya tili. Umumiy bel- gisiga ko’ra, bu tillar amorf tillar hisoblanadi, o’zak oldidan va ketidan keladigan qo’shimchalarga ega. Unlilar tizimi deyarli bir jinsli, monoftong va diftonglar mavjud. Undosh fone- malar tarkibi ayrim I. t.da sezilarli farq qiladi. Ko’pgina Filippin tilla- rida «f», «v», uchramaydi, Yava tilida esa tserebral (talaffuz vaqtida til orqaga qayriladigan) «t» «D» tovushlar bor. Shunga qaramay ayrim tillar va til- lar guruhlari o’rtasida muntazam fone- tik muvofiqlik kuchli namoyon bo’ladi. Bo’g’in bu tillarning ko’pchiligida ochiq. Nutq bo’laklari morfologik jihatdan kuchsiz differentsiyalashgan, ularni hind-Evropa tillariga qiyosan farqlash mumkin emas. So’z turkumlari farqlash bo’yicha tur- li mezonlar frantsuz olimi P. Favr, A. Map de Maren, niderland olimi X. Gi- endelo va b. tomonidan tav-siya etilgan. Ba’zi olimlar ism, ol-mosh, sonlar, Pre- dikatlarni (jarayon va sifatni ifoda etuvchi so’zlarni), yordamchi so’zlar, undosh so’zlarni ajratib ko’rsatganlar. Lug’at tarkibi etimologik jihatdan deyarli mos keladi. Yangi so’zlar, asosan (o’zak ol- diga, o’rtasiga va oxiriga qo’shiladigan), qo’shimchalar yordamida hamda o’zak mor- femalarni ikkilantirish (orttirish), so’zlarni qo’shish hisobiga yasaladi. Lug’at boyligi chet (sanskrit, Arab, frantsuz, ingliz va b.) tillardan so’z o’zlashtirish hisobiga ham boyiydi. I. t. ning barchasida lotin grafika- si asosidagi yozuvdan foydalaniladi. Bu tillarda o’ziga xos badiiy-adabiy asar- lar mavjud. Ad.Arakin V. D., Indoneziysieyazi- ki, M., 1965.