Instinkt
Instinkt (lot. instinctus — uyg’o- nish, qo’zg’alish) — muayyan sharoitda hayvonlarning bitta turi uchun xos bo’lgan murakkab irsiy xattiharakatlari majmui. I. tashqi va ichki qo’zg’alishlarga javob tariqasida paydo bo’ladi. I.ni ilmiy tadqiq qilishni Ch. Darvin bosh- lab bergan. U birinchi bo’lib I.ning ri- vojlanishi turning tarixiy shakllani- shi va nerv sistema-sining tuzilishi b-n bog’liqligini ko’rsatib berdi. I.ni rus olimlaridan I. M. Sechenov, I. P. PAV- lov va b. ham o’rganishgan. I. — murak- kab shartsiz reflekslardan (q. Shartsiz reflekslar) iborat bo’lib, ular asosi- da shartli reflekslar vujudga keladi. Biologik mohiyatiga ko’ra, I. quyidagi guruhlarga ajratiladi: oziqlanish (oziqni to-pish, oziq g’amlash va b.); tur- ni saqlab qolishga qaratilgan passiv (te- gilganda qimirlamasdan qotib turish, qochib qolish va b.) va aktiv (jismlar, shox-shabbalar va b. yordamida himoya) hi m o -yalanish; jinsiy bezlar funktsiyasi b-n bog’liq bo’lgan jinsiy I. (jinsiy mayl, otalanish, baliqlarning uvildiriq tashlash joyiga migrasiyasi va b.); AV- Lod to’g’risida g’amxo’rlik b-n bog’liq bo’lgan ota-onalik I.i (uya va in qurish, bola boqish, bolani himoyalanishga, ov qilishga o’rgatish va b.); poda, gala, oila a’zolarining o’zaro munosabat- larini tashkil qiluvchi guruhli I. Hasharotlar xattiharakatlarining de- yarli hammasi I.dan iborat. Baliklar, qushlar va ayniqsa sut emizuvchilar xattiharakatlarining asosiy qismini I. emas, balki shartli reflekslar tash- kil etadi. Odamda I. uning tarbiya ja- rayonida shakllanadigan ongli faoliya- tiga bo’ysungan bo’ladi. I.ni o’rganish va undan foydalanish chorvachilik, ov- chilik xo’jaliklarida, q.x. zararkunan- dalari va infektsion kasalliklarning qo’zg’atuvchilariga qarshi kurashda katta ahamiyatga ega (yana q. Reflekslar).