INFEKTSION KASALLIKLAR
INFEKTSION KASALLIKLAR (o’simliklarda) — o’simliklarning ti- rik tabiat omillari ta’sirida vujudga keluvchi yuqumli kasalliklari. Bularga o’simliklardagi virusli kasalliklar — mozaika kasalliklarining turli xilla- ri, sariq kasal, Pa-kanalik, g’umbaklanish va b.; bakterial kasalliklar — gommoz, yopishqoq bakterioz, bakterial chirishlar va b.; zam-buru g’li kasalliklar — un- shudring, vilt va Aspergillyoz, shuning- dek, aktinomikozlar, algoofitozlar, antofitozlar, gelmintofitozlar va b. kiradi. I. k.ga parazit hasharotlar va kanalar (ayniqsa, o’rgimchakkana) sabab- chi bo’lishi mumkin. I. k. patogenezining o’ziga xosligi kasallik qo’zg’atuvchining xususiyatlari, o’simlikning kasallik-ka moyillik darajasi, muhit sharoiti b-n belgilanadi. Kasallikning bir necha asosiy bosqichlari farqlanadi: kasallik yuqishidan oldingi, yuqqan paytdagi, yashi-rin davri, yashirin davrdan keyingi bosqichlar. Ko’pincha o’simlik kasalli- klari bir necha sabablari tufayli pay- do bo’ladi. Mac, g’o’za ko’saklarini beda qandalasi shikastlaganda yopishqoq bak- terioz rivojlanib, tola va chigit sifa- ti buziladi. Bu yo’ldosh kasalliklar deb ataladi. O’simliklarni kasalliklardan muvaffaqiyatli himoya qilish uchun kasal- likni hamda birlamchi infektsiya saba- bini to’g’ri aniqlash ke-rak. Qo’zg’atuvchi organizmga kirishi b-n o’simlikda himoya reaktsiyasi paydo bo’ladi. Agar qo’zg’atuvchi to’qimalar qarshiligiga bardosh bera olmasa, unda kasallik nekroz b-n che- klanadi. O’simliklarni I. k.dan himoya qilishda Pro-filaktik chora-tadbirlar: q. x. ekinlarini o’sishi va rivojlani- shi uchun eng qulay sharoitlar yaratish, kasalliklarga chidamli navlarni ekish, urug’chilikni to’g’ri tashkil qilish, urug’larni dorilash, hasharotlarni yo’q qilish katta ahamiyatga ega. I. k.ni da- volash uchun biopreparatlar va antibio- tiklardan foydalaniladi. I. k.ning tarqalishiga yo’l qo’ymaslik uchun ka – rantin chora-tadbirlari qo’llaniladi (yana q. Karantin, o’simlik kasalliklari Di-agnostikasi, o’simliklarni himoya qilish). Abdukarim Zikiryoev.